Hamdusano
Umidingizni amirlarga bogʻlamang — ularning rejalari oʻzlari oʻlgan kuniyoq ular bilan birga oʻladi. Buning oʻrniga Otamiz bor, U haqiqatan qiladigan ishlari bilan sanaladi: mazlumlarga adolat, ochlarga non, mahbuslarga ozodlik, musofirlar, yetimlar va bevalarni qoʻllab-quvvatlash.
146 1Hamdusano! Ey jonim, Otamizga hamdlar ayt.
2Tirik ekanman, Otamizga hamdlar aytaman; nafasim bor ekan, Otamizni kuylayman.
3Amirlarga tayanmanglar, sizlarni qutqara olmaydigan foniy insonga ishonmanglar. 4Uning ruhi chiqib ketadi, u tuproqqa qaytadi; oʻsha kuniyoq uning rejalari barbod boʻladi. 5Yoqubning Xudosi yordamchisi boʻlgan, umidini Otamizga bogʻlagan kishi baxtlidir.
6U osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi bor narsani yaratgan Zotdir; U abadiy sadoqatli qoladi. 7U ezilganlarning haqini himoya qiladi; U ochlarga non beradi. Otamiz mahbuslarni ozod qiladi. 8Otamiz koʻrlarning koʻzini ochadi; Otamiz qaddi bukilganlarni koʻtaradi; Otamiz solihlarni sevadi. 9Otamiz musofirlarni asraydi; U yetim bilan bevani qoʻllab-quvvatlaydi, biroq fosiqlarning yoʻlini barbod qiladi.
10Otamiz abadiy hukmronlik qiladi—ey Sion, sening Otang nasldan-naslga shohlik qiladi. Hamdusano!