Iso soxta ustozlardan ogohlantiradi
Iso yetti marta boshqalarga ogʻir yuk ortadigan, kosaning tashqarisini ishqalab tozalaydigan va otalari oʻldirgan paygʻambarlarning qabrlarini bezatadigan ustozlarga «Holingizga voy!» deydi — holbuki ularning Otasi faqat bitta, U osmondadir. Soʻz Quddus uchun qaygʻu bilan yakunlanadi: rad etgan shahar, xarob qoldirilgan uy.
23 1Shunda Iso olomonga va shogirdlariga murojaat qilib,
2shunday dedi: “Tavrot tafsirchilari va farziylar Musoning kursisida oʻtiradilar.
3Shuning uchun ular sizlarga nimani aytsalar, shuni qilinglar va bajaringlar, lekin qilmishlariga ergashmanglar, chunki ular vaʼz qiladilaru, oʻzlari amal qilmaydilar. 4Ular ogʻir, koʻtarish qiyin boʻlgan yuklarni bogʻlab, odamlarning yelkasiga yuklaydilar, lekin oʻzlari bu yuklarni qimirlatish uchun barmogʻini ham qimirlatmaydilar. 5Ular hamma ishini odamlarga koʻz-koʻz qilish uchun qiladilar: ibodat qutichalarini kengaytiradilar, kiyimlarining popuklarini uzaytiradilar, a a v5 Ibodat qutichalari: Muqaddas Bitik oyatlari solingan kichik charm qutichalar boʻlib, ibodat vaqtida peshonaga va chap qoʻlga bogʻlab qoʻyilar edi. 6ziyofatlarda toʻrni, ibodatxonalarda esa eng yaxshi joylarni egallashni yaxshi koʻradilar, 7bozorlarda odamlarning oʻzlariga salom berishini, oʻzlarini «Ustoz» deb atashlarini yoqtiradilar. 8Sizlar esa oʻzingizni «Ustoz» deb atatmanglar, chunki sizlarning birgina Ustozingiz bor, oʻzingiz esa hammangiz birodarsizlar. 9Yer yuzida hech kimni oʻzingizga ota deb atamanglar, chunki sizlarning birgina Otangiz bor, U osmondadir. 10Hech kimga oʻzingizni «Murabbiy» deb atatmanglar, chunki sizlarning birgina Murabbiyingiz bor, U — Masihdir. 11Oranglardagi eng ulugʻingiz xizmatkoringiz boʻladi. 12Kim oʻzini yuksaltirsa, u pastga tushiriladi; kim oʻzini kamtar tutsa, u yuksaltiriladi.
13Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Chunki sizlar Otamizning Shohligini odamlar yuziga bekitasizlar: oʻzingiz ham kirmaysizlar, kirmoqchi boʻlganlarni ham qoʻymaysizlar. b b v13 Eng qadimgi qoʻlyozmalarda bu yerda 14-oyat yoʻq; keyingi nusxalarda shunisi qoʻshilgan: “Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Beva-bechoralarning uylarini talaysizlar, koʻz-koʻz qilish uchun uzundan-uzun ibodat qilasizlar; shuning uchun sizlar ogʻirroq hukmga mahkum boʻlasizlar.”
15Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Chunki sizlar bittagina kishini oʻz diningizga kiritish uchun dengiz-u quruqlikni kezib chiqasizlar, uni topgach esa, oʻzingizdan ikki baravar battar doʻzaxi qilib qoʻyasizlar.
16Holingizga voy, ey koʻr yoʻlboshchilar! Sizlar: «Kim maʼbad bilan qasam ichsa, bu hech narsa emas, lekin kim maʼbadning oltini bilan qasam ichsa, qasami bogʻlovchi boʻladi», — deysizlar. 17Ey koʻr ahmoqlar! Qaysi biri ulugʻroq: oltinmi yoki oltinni muqaddas qiladigan maʼbadmi? 18Yana sizlar: «Kim qurbongoh bilan qasam ichsa, bu hech narsa emas, lekin kim uning ustidagi qurbonlik bilan qasam ichsa, qasami bogʻlovchi boʻladi», — deysizlar. 19Ey koʻrlar! Qaysi biri ulugʻroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qiladigan qurbongohmi? 20Shunday ekan, kim qurbongoh bilan qasam ichsa, u ham qurbongoh bilan, ham uning ustidagi hamma narsa bilan qasam ichgan boʻladi. 21Kim maʼbad bilan qasam ichsa, u ham maʼbad bilan, ham unda Yashovchi Zot bilan qasam ichgan boʻladi. 22Kim osmon bilan qasam ichsa, u Otamizning taxti bilan va unda Oʻtirgan Zot bilan qasam ichgan boʻladi.
23Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Sizlar yalpiz, shivit va zira hosilining oʻndan birini keltirasizlar-u, qonunning muhimroq masalalarini — adolatni, rahm-shafqatni va sadoqatni esa eʼtiborsiz qoldirasizlar. Avvalo mana shularni bajarishingiz, qolganlarini ham eʼtiborsiz qoldirmasligingiz kerak edi. 24Ey koʻr yoʻlboshchilar! Sizlar chivinni suzib olib tashlaysizlar-u, tuyani esa yutib yuborasizlar!
25Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Sizlar kosa va laganning sirtini tozalaysizlar, ichi esa ochkoʻzlik va nafsga toʻla. 26Ey koʻr farziy! Avval kosa va laganning ichini tozala, shunda sirti ham toza boʻladi.
27Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Sizlar oqlangan qabrlarga oʻxshaysizlar: ular sirtdan chiroyli koʻrinadi, ichi esa oʻliklarning suyaklari va har xil nopoklikka toʻla. 28Xuddi shunday, sizlar ham tashqaridan odamlarga solih koʻrinasizlar, ichingiz esa ikkiyuzlamachilik va qabihlikka toʻla.
29Holingizga voy, ey Tavrot tafsirchilari va farziylar, ikkiyuzlamachilar! Chunki sizlar paygʻambarlarning qabrlarini qurasizlar, solihlarning yodgorliklarini bezatasizlar, 30va: «Agar biz ota-bobolarimiz zamonida yashaganimizda, paygʻambarlarni oʻldirishda ularga sherik boʻlmas edik», — deysizlar. 31Shunday qilib, sizlar paygʻambarlarni oʻldirganlarning avlodlari ekanligingizga oʻzingiz guvohlik berasizlar. 32Unday boʻlsa, ota-bobolaringizning oʻlchovini toʻldiringlar! 33Ey ilonlar, ey zaharli ilonlarning zurriyoti! Doʻzax hukmidan qanday qutulib qolmoqchisizlar? 34Shuning uchun Men sizlarga paygʻambarlar, dono kishilar va Tavrot tafsirchilarini yuboraman. Ularning baʼzilarini oʻldirasizlar va xochga mixlaysizlar, baʼzilarini ibodatxonalaringizda qamchilaysizlar va shahardan shaharga quvgʻin qilasizlar. 35Natijada yer yuzida toʻkilgan barcha begunoh qon — solih Hobilning qonidan tortib, maʼbad bilan qurbongoh orasida oʻldirgan Berakyo oʻgʻli Zakariyoning qonigacha — sizlarning boʻyningizga tushadi. 36Sizlarga chinini aytayki, bularning hammasi shu avlodning boshiga tushadi.
Iso Quddus uchun yigʻlaydi
37Ey Quddus, Quddus! Paygʻambarlarni oʻldirgan, oʻzingga yuborilganlarni toshboʻron qilgan shahar! Mokiyon oʻz joʻjalarini qanoti ostiga yigʻqanidek, Men qancha bor farzandlaringni yigʻishni istadim-u, lekin sen istamading. 38Mana, uying senga vayron holda tashlab qoʻyiladi. 39Sizlarga aytamanki, «Otamizning nomidan Kelayotgan Zot muborakdir!» demaguningizcha, Meni boshqa koʻrmaysizlar.”