Jonim intizorlik bilan kutadi
Nagʻmachilar boshligʻiga. Yedutun uchun. Dovudning zaburi.
Boshqalar uni og'ib qolgan devordek turtib, ovoz chiqarib duo qilib, ichida la'natlayotganda, Dovud jimgina faqat Otasini kutadi. U past tabaqani ham, qudratlilarni ham tortib ko'radi va ularni nafasdan ham yengil topadi, so'ng boshqalarga ham yuraklarini to'kib solishni aytadi.
62 1Jonim faqat Otamnigina sukut ichida kutar, najotim Undan keladi. 2Faqat Ugina qoyam va najotimdir, qoʻrgʻonimdir; aslo qattiq larzaga kelmasman. 3Qachongacha bir odamga hujum qilaverasizlar, uni egilgan devor, qiyshaygan panjara kabi qulatib? 4Ular faqat uni yuksak oʻrnidan agʻdarishni rejalashtirar, yolgʻondan zavq olar. Ogʻizlari bilan duo qilar, lekin dillarida laʼnatlar.
5Faqat Otamnigina, ey jonim, sukut ichida kut, zero umidim Undandir. 6Faqat Ugina qoyam va najotimdir, qoʻrgʻonimdir; larzaga kelmasman. 7Najotim va shon-sharafim Otamdadir; qudratli qoyam, panohim Otamdadir. 8Unga har doim ishoninglar, ey xalq; dilingizni Uning oldida toʻkinglar; Otamiz biz uchun panohdir.
9Darhaqiqat, oddiy odamlar bir nafasdir, zodagonlar esa aldamchidir; tarozida ular koʻtariladi — barchasi birga bir nafasdan ham yengildir. 10Zoʻravonlikka ishonmanglar; talonchilikka behuda umid bogʻlamanglar; boylik koʻpaysa, unga koʻngil qoʻymanglar. 11Bir marta Otamiz gapirdi; ikki marta men buni eshitdim: qudrat Otamizga tegishlidir, a a v11 «Bir marta… ikki marta» — ibroniy sheʼriy uslubi boʻlib, maʼnosi: hamma narsadan ustun turadigan, eng muhim narsa shu. 12va Senga, ey Hukmron Otam, sodiq sevgi tegishlidir. Zero Sen har kimga oʻz qilmishiga koʻra evaz berasan.