Maqtanchoq til
Nagʻmachilar rahbariga. Dovudning hikmat sanosi. Edomlik Doʻeg kelib, Shoulga: “Dovud Aximalek uyiga bordi”, deb xabar berganda.
Ruhoniylar ustidan Shoulga chaqimchilik qilgan Do'egga qaratilgan. Unga yutib yuboruvchi so'zlarni sevadigan va o'z boyligiga ishonadigan odam deb murojaat qilinadi va u chodiridan sug'urib olinishi aytiladi — qo'shiqchi esa Otamizning uyida zaytun daraxtidek o'sadi.
52 1Nega yomonlik bilan maqtanasan, ey zoʻravon? Otamizning sodiq sevgisi esa kun boʻyi davom etadi.
2Tiling halokat rejasini tuzadi, oʻtkir ustara kabi, ey makkor. 3Sen yaxshilikdan koʻra yomonlikni, toʻgʻri soʻzlashdan koʻra yolgʻonni sevasan.
4Har bir yutib yuboradigan soʻzni sevasan, ey makkor til. 5Lekin Otamiz seni abadiy yakson qiladi; U seni tutib olib, chodiringdan sugʻurib tashlaydi; U seni tiriklar yurtidan ildizi bilan yulib tashlaydi.
6Solihlar buni koʻrib qoʻrqishadi; ular undan kulib, shunday deyishadi: 7“Mana shu odamga qaranglar — u Otamizni oʻziga panoh qilmadi, balki oʻzining katta boyligiga ishondi va oʻzgalarni yoʻq qilib, kuchayib ketdi.” 8Men esa Otamizning uyida gullab-yashnayotgan zaytun daraxtiga oʻxshayman; Otamizning sodiq sevgisiga abadulabad ishonaman. 9Men Senga abadiy hamdu sano aytaman, Sen qilgan ishing uchun; sodiq bandalaring oldida, Sening nomingga umid bogʻlayman, chunki u yaxshidir.