Qudratli farishtaning tushishi
Bir farishta bir oyogʻini dengizga, birini quruqlikka qoʻyib, Otamiz nomi bilan qasam ichadi: endi kechikish boʻlmaydi. Yetti momaqaldiroq gapiradi, Yuhannoga esa ularni yozish man etiladi. U kichik oʻramni yeydi: ogʻzida asaldek, keyin achchiq. U yana bashorat qilishi kerak.
10 1Shundan soʻng men osmondan tushib kelayotgan yana bir qudratli farishtani koʻrdim. U bulutga oʻralgan, boshi uzra kamalak, yuzi quyoshday, oyoqlari esa olovli ustunlarday edi. 2Uning qoʻlida ochiq kichik bir oʻrama bor edi. U oʻng oyogʻini dengizga, chap oyogʻini quruqlikka qoʻyib, 3oʻkirayotgan sherday baqirdi. U baqirganda, yetti momaqaldiroq gapirdi.
4Yetti momaqaldiroq gapirganda, men yozmoqchi edim, lekin osmondan bir ovoz eshitdim: “Ular aytgan narsalarni muhrlab qoʻy, buni yozma.”
5Shunda men dengiz va quruqlik ustida turganini koʻrgan farishta oʻng qoʻlini osmonga koʻtardi 6va abadulabad barhayot boʻlgan, osmonni va undagi borliqni, yerni va undagi borliqni, dengizni va undagi borliqni yaratgan Otamiz nomi bilan qasam ichdi: “Endi muhlat qolmadi! 7Yettinchi farishta oʻz karnayini chalmoqchi boʻlganda, Otamizning Oʻz qullari — paygʻambarlarga bildirgan sirri bajo boʻladi.” a a v7 Otamiz paygʻambarlar orqali bildirgan sir Oʻz Oʻgʻlida oʻzining toʻlaligiga yetadi — bu barcha xalqlarga maʼlum qilingan Xushxabardir (Efesliklarga 3:8-9; Kolosaliklarga 1:26-27).
8Osmondan kelgan ovoz menga yana gapirdi: “Bor, dengiz va quruqlik ustida turgan farishtaning qoʻlidagi ochiq oʻramani ol.”
9Shunday qilib, men farishtaning oldiga borib, kichik oʻramani soʻradim. U menga dedi: “Buni olib ye. U qorningni achchiq qiladi, lekin ogʻzingda asalday shirin boʻladi.”
10Men kichik oʻramani farishtaning qoʻlidan olib yedim. Ogʻzimda u asalday shirin edi, lekin yeganimdan keyin qornim achchiq boʻlib qoldi. 11Shunda ular menga: “Sen koʻplab xalqlar, millatlar, tillar va podshohlar haqida yana bashorat qilishing kerak”, — deyishdi.