Qachongacha yashirasan?
Qoʻshiqchilar rahbariga. Dovud zaburi.
Dovud toʻrt marta „qachongacha?“ deb soʻraydi — qachongacha unutilgan, qachongacha Undan yashiringan, qachongacha gʻam koʻtarib yuradi, qachongacha dushman ustun boʻladi. Ahvolida hech narsa oʻzgarmaydi. Shunga qaramay, Zabur Otasining sevgisiga burilib, allaqachon koʻrgan yaxshiliklari haqida kuylash bilan tugaydi.
13 1Qachongacha, Otam, meni unutasan? Abadiymi? Qachongacha yuzingni mendan yashirasan?
2Qachongacha oʻy-xayollarim bilan kurashib, kun boʻyi qalbimda gʻam-alam koʻtarib yurishim kerak? Qachongacha dushmanim ustimdan gʻolib keladi? 3Menga nazar sol-u, javob bergin, Otam; koʻzlarimga nur bergin, aks holda oʻlim uyqusida uxlab qolaman.
4Dushmanim: “Men uni yengdim”, — deydi; men qulaganimda, raqiblarim sevinadi. 5Lekin men Sening sodiq sevgingga ishondim; qalbim Sening najotingdan shodlanadi. 6Otamga qoʻshiq aytaman, chunki U menga juda yaxshilik qildi.