Ahmaqning inkori
Nagʻmachilar rahbariga. Dovudning zaburi.
Ahmoqning „Xudo yoʻq“ degan da'vosi nazariy emas, amaliy narsa sifatida koʻriladi. Otamiz butun insoniyat orasidan tushunadigan birorta odamni qidiradi va hech kimni topmaydi. Uning xalqini yeb bitirayotganlarni toʻsatdan dahshat bosadi; Zabur Siondan keladigan najotni orziqib kutish bilan yakunlanadi.
14 1Ahmaq koʻnglida shunday deydi: “Xudo yoʻq”. Ular buzuq, qilmishlari jirkanch; yaxshilik qiladigan birorta ham yoʻq.
2Otamiz osmondan odam bolalariga nazar soladi, aql-idrokli, Uni izlaydigan birortasi bormikan deb. 3Hammasi yuz oʻgirgan; baravariga buzilib ketganlar; yaxshilik qiladigan birorta ham yoʻq, bittasi ham yoʻq.
4Xalqimni non yegandek yutib yuboradigan, hech qachon Otamizga iltijo qilmaydigan bu badkirdorlarning hammasi hech narsani bilmaydimi? 5Mana, ularni dahshat qamrab oldi, chunki Otamiz solihlar avlodi bilandir. 6Ey badkirdorlar, sizlar bechoraning rejalarini puchga chiqarmoqchisizlar, lekin Otamiz uning panohidir.
7Qani endi Isroilning najoti Siondan kelsa! Otamiz Oʻz xalqining baxtini tiklaganda, Yoqub shodlansin, Isroil quvonsin.