Yunus dengiz tubida
Baliqning ichida Yunus choʻkayotgan odamdek iltijo qiladi: boshiga suv oʻtlari oʻralgan, yerning darvozalari ortidan yopilgan. U jonini chuqurdan olib chiqqani uchun Otamizga shukr qiladi. Va'da qilganini bajarishga ont ichadi, baliq esa uni quruqlikka qusib tashlaydi.
2 1Shunda Yunus baliqning qornidan Otamizga ibodat qildi: 2Kulfatimda Otamni chaqirdim, U menga javob berdi; goʻr qaʼridan yordam soʻrab faryod qildim, Sen ovozimni eshitding. 3Sen meni tubsizlikka, dengizlar qaʼriga uloqtirding, oqimlar atrofimda aylandi; Sening barcha toʻlqinlaring, mavjlaring ustimdan oshib oʻtdi. 4Shunda men dedim: “Men Sening huzuringdan haydab chiqarildim; shunga qaramay, muqaddas maʼbadingga yana nazar solaman.” 5Suvlar meni oʻlim yoqasiga qadar qamrab oldi; tubsizlik meni oʻrab oldi; boshimga dengiz oʻtlari chirmashdi. 6Men togʻlar ildiziga qadar choʻkib ketdim; yer ortimdan darvozalarini abadiy berkitdi. Lekin Sen hayotimni oʻradan olib chiqding, Otam. 7Jonim uzilay deb turganda, Otamni esladim, ibodatim Senga, muqaddas maʼbadingga koʻtarildi. 8Qadrsiz butlarga yopishib olganlar oʻzlariga nasib etishi mumkin boʻlgan sevgidan yuz oʻgiradilar. 9Lekin men Senga shukronalar aytib qurbonlik keltiraman; bergan har bir nazrimni bajaraman. Najot Otamizdandir!
10Shunda Otamiz baliqqa gapirdi, u Yunusni quruqlikka qusib tashladi.